Qozog‘istonda Miss Virtual Kazakhstan — 2019 go‘zallik tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi, deb xabar bermoqda TengriNews.

Foto: TengriNews

Xabarda aytilishicha, ushbu tanlov Qozog‘istonda 3-marta o‘tkazilmoqda. Hozirda mamlakatning turli burchaklaridan bo‘lgan mingdan ortiq qizlar ariza topshirgan.

Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun Instagram’da surat joylab, ostiga #mvw_kz xeshtegini qo‘yishning o‘zi kifoya.

Arizalar qabul qilish 19-avgustga qadar davom etadi. Shundan so‘ng butun mamlakatdagi har bir yirik shaharlarda intenet-ovoz berish orqali saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda istalgan qiz ishtirok etishi mumkin. Model qomati, bo‘yi, oilaviy ahvoli bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. G‘oliblarni hay’at a’zolari emas, internet foydalanuvchilari aniqlaydi.