Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi ayol ikki oy farq bilan egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Shifokorlarning aytishicha, ayolda anatomik o‘ziga xoslik aniqlangan. Uning bachadoni ikkita.

29 yoshli ayol g‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi perinatal markazda ikki oy va 16 kun farq bilan o‘g‘il va qiz farzandni dunyoga keltirgan.

Liliya Konovalovaning aytishicha, uning birinchi homiladorligi odatdagidek kechgan. To‘ng‘ich farzandi hozirda yetti yoshda.

Ayolning ikkinchi homiladorligi og‘ir kechgan.

Foto: Tengrinews

“Men muntazam kasal bo‘lar edim, shifokorlar menga yurmaslikni, yotishni buyurardi. 24-may kuni men 850 gramm vaznga ega qizchani dunyoga keltirdim. Bu homiladorlikning 25-haftasida yuz berdi. Liya bir oy jonlantirish bo‘limida yotdi. Keyin uni patologiya bo‘limiga o‘tkazishdi. O‘g‘lim Maksim 9-avgust kuni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keldi. Uning vazni 2,9 kilogramm, bo‘yi esa 50 santimetr”, — deydi Liliya Konovalova.

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati perinatal markazi direktori o‘rinbosari bunday holat hududda birinchi marta qayd etilganini ma’lum qilgan.