Samarqandda “Kamaz” yuk mashinasi va Nexia taksi avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea “Toshkent—Termiz” yo‘lida yuz bergan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan haydovchi tomonidan taqdim etilgan videoda Nexia ortga qayrilib olayotgan “Kamaz”ning tagiga kirib ketganini ko‘rish mumkin.