Saudiya Arabistonida jinoyatlari uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning haj amalini ado etishiga ilk bor ruxsat berildi.

Foto: Google Photos

50 nafar mahkumdan iborat guruh boshqa ziyoratchilar singari ehromga kirib, haj ibodatini amalga oshirdi. Bu paytda ularga nazoratchilar emas, qarindoshlari hamrohlik qildi.

Ziyorat tamomlangach, mahkumlarning bari qamoqxonaga qaytarilgan.

Jazoni ijro etish muassasalari bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu tajribadan ko‘zda tutilgan maqsad jazo muddatlari tugashidan avval mahkumlarning kundalik hayotga qo‘shilishlari va moslashishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday tajribani kelgusi haj mavsumida ham qo‘llash rejalashtirilgan.