Shvetsiya politsiyasi Estersund shahrida terrorchilik jinoyati sodir etishda gumonlanuvchi o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi. Bu haqda 15-avgust kuni shved radiosi ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Toluna

Xabarda aytilishicha, SEPO xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Gabriel Vernshtedt dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqlagan, ammo tergov maxfiyligini aytib, uning tafsilotlarini oshkor etmagan.

Vernshtedt qo‘lga olingan shaxs Stokgolmdagi terakt uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Rahmat Oqilovga aloqadorligi o‘rganilayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamagan.

Gumonlanuvchini hibsga olish 14-avgust kuni kuning birinchi yarmida Estersund shahri markazida amalga oshirilgan. Politsiyaga “shahar markazida g‘alati harakatlanayotgan haydovchi” haqida xabar kelib tushgan. U qotillik sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Prokuratura ishning tafsilotlarini oshkor etmagan. TV4 telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs yo‘lovchilarni bosib ketmoqchi bo‘lgan.

Bundan avval AQShda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi IShIDga ko‘maklashganini tan olgani haqida xabar berilgan edi.