Tojikiston chegara qo‘shinining sobiq matbuot kotibi Muhammadjon Ulug‘xo‘jayev 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Foto: Gagauz

Oliy sud Harbiy hay’ati 14-avgust kuni uni davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topdi.

“Muhammadjon Ulug‘xo‘jayevning jinoyat ishi maxfiylik grifi ostida ko‘rib chiqilgan. Shu sababli hech kim uning tafsilotlarini aytib berolmaydi. Davlat ayblovchisi unga 20 yil talab qilgan, lekin sud hay’ati 15 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan”, — deyiladi xabarda.

Podpolkovnik Muhammadjon Ulug‘xo‘jayev aprel oyida hibsga olingan edi. U davlat sirlarini oshkor etishda ayblangan.