Odessaning Tokio Star mehmonxonasida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Ukraina FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yong‘in 17-avgust kuni soat 01:34 larda mehmonxonaning 2-qavatida sodir bo‘lgan va  qariyb 1000 metr maydonni qamrab olgan. Oqibatda kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jabrlangan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 13 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 60 nafardan ortiq qutqaruvchi jalb etilgan. Yong‘in soat 4:32 da o‘chirilgan.

Ukraina FVV keyinchalik Odessa mehmonxonasidagi vaziyat haqida brifing o‘tkazib, fojia tafsilotlari ochiqlanishini bildirgan.