Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati yetakchisi mulla Haybatulloh Oxunzodaning ukasi Pokistonning Kvetta shahri yaqinidagi portlashda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Pakistan Today

Qayd etilishicha, Hofiz Ahmad Pokistondagi Qosimobod qishlog‘ida halok bo‘lgan.

Kvetta shahri yaqinidagi masjidlardar birida 16-avgust kuni portlash sodir bo‘lgan edi. Pakistan Today xabariga ko‘ra, portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 20 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Portlash hududi qurshab olingan, jinoyatchi qidirilmoqda. Hozircha Pokiston hududidagi hech qaysi eksremistik guruh sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.