Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida bir guruh o‘smirlarning tengdoshini daraxtga bog‘lab qo‘yib, uni tahqirlayotgani aks etgan video e’lon qilindi.

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, ushbu holat Namanganda yuz bergan.

Videoda yetti o‘smirning daraxtga bog‘langan tengdoshining ustidan suv, mayonez, ketchup quyayotgani, unga qarata tuxum va tarvuz po‘choqlarini otayotganini ko‘rish mumkin. Kadr ortida kulgu ovozi eshitiladi.

Facebook foydalanuvchilari o‘smirlarning ushbu harakatini keskin qoralab, tanqidiy izohlarni yozib qoldirgan.