Internetda O‘zbekiston Prezidenti uchun maxsus tayyorlangan Boeing 787-800 Dreamliner samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Buyuk kelajak” eksperti Rahmat Sobirov Facebook’da ma’lum qildi.

Foto: Facebook

“Boeing 787-800, Dreamliner VIP, Uzbek Air Force One, Registration No: UK001. MSN: 64435. Bayrog‘imizning ranglari juda yarashibdi! Xalqning xizmatini bajarishda Prezidentimizga ko‘makdosh bo‘lsin bu samolyot! Bu samolyot Xudo xohlasa ko‘p yillar xizmat qiladi. Endi bemalol transatlantik parvozlarni to‘xtamasdan amalga oshirsa bo‘ladi!”, — deyilgan xabarda.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Ma’lumot uchun, bu haqda AviaSpotter Telegram kanali 2018-yilning 27-noyabrida ma’lum qilgan edi. Unda taqqoslash uchun ro‘yxatga olish raqami UK-67000 bo‘lgan №1 Boeing 767-33P(ER) samolyoti ham keltirilgan.