AQShning eng yirik korporatsiyalari foydani asosiy maqsad deb hisoblashdan bosh tortdi, deb yozadi “RBK” 1972-yilda eng yirik Amerika kompaniyalari bosh direktorlari guruhi tomonidan asos solingan Business Roundtable Group’ga tayanib.

Foto: iStock

181 ta kompaniya rahbarlari korporativ maqsadlar haqidagi yangilangan bayonotni tasdiqladi. Ilgari uning asosi aksiyadorlar daromadlarini ko‘paytirish bo‘lgan bo‘lsa, endi gap barcha amerikaliklar manfaatlari yo‘lida ishlash haqida bormoqda.

Bayonot ostiga Amazon, Apple, AT&T, Bank of America, Boeing, Coca-Cola, Comcast, Exxon Mobil, Ford, General Motors, Goldman Sachs, Johnson & Johnson, Lockheed Martin, Mastercard va boshqa kompaniyalar rahbarlari imzo chekkan.