Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Normurodov muassasada bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Normurodovga ko‘ra, bu narx bozorda mustaqil shakllanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi salkam 9400 so‘mga yetgani bildirilgandi.