Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov denominatsiya (pul qiymatini o‘zgartirish) bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

“Denominatsiya oddiygina nollarni o‘chirish emas, katta iqtisodiy xarajat. Biz denominatsiya qilmoqchi emasmiz. Markaziy bank raisi sifatida aytmoqchiman, denominatsiya hech kimning xayolida yo‘q”, — degan u.

Uning ta’kidlashicha, denominatsiya iqtisodiy barqarorlik va kuchli inflyatsiya sharoitida o‘tkaziladi.  “Bizda ahvol unday emas”, — deya qo‘shimcha qilgan Markaziy bank raisi.