Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi yaratgan qo‘shiqqa klip suratga oldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Videoklip 20-avgust kuni uning Instagram’dagi sahifasiga joylangan.

Foto: “1news”

Klipda Nursulton Nazarboyev tog‘ etagida sayr qilib, vatani haqida qo‘shiq xirgoyi qilayotgani aks etgan.

Xabarda aytilishicha, qo‘shiq matni Nazarboyevning o‘ziga tegishli, musiqasini bastakor Altinbek Korazbayev yaratgan. Kadr ortida esa shu qo‘shiqni professional artistlar ijro etgan.