Ikki yoshli bolasi bor nyu-yorklik oila dam olish uchun 700 ming dollarga Florida shtatidagi Vest-Palm-Bich shahridan uy xarid qildi, deb yozmoqda Forum Daily. Lekin ular uyni yuzlab xavfli va jirkanch quzg‘unlar egallab olishini hayoliga ham keltirmagan. Ularni bu uyga nima jalb qildi?

Foto: Depositphotos

Ma’lum bo‘lishicha, Kazimano oilasi uyni aprel oyida sotib olgan va u yerda yozgi ta’tilni o‘tkizishni sabrsizlik bilan kutgan. Uy 3 ta yotoqxona, yopiq ekranli basseyn va ajoyib qo‘riqxona yonidagi tabiat manzarasi ko‘rinib turuvchi hovlini o‘z ichiga olgan bo‘lib, mazkur hovli ularga 702 000 dollarga tushgan.

Ammo uyning xaridorlar bilmagan bir jihati ham bo‘lgan: ularning qo‘shnisi yovvoyi hayvonlarga ovqat berishni yaxshi ko‘rgan.

Hashamatli uyni sotib olgan oila boshlig‘i uy xarid qilinganidan deyarli 4 oy o‘tib, ular hatto o‘z uyiga ham kela olmasligini, bolasiga nimadir bo‘lishidan havotirda ekanligini aytgan. Chunki kalxatlar och qolsa, uy hayvonlari va bolalarga hujum qilishi ham mumkin. “Bu yerdagi hid minglab chiriyotgan jasadlarga o‘xshaydi”, — degan u.

Muammo shundaki, yuzlab qora kalxatlar hovlini egallab olgan, to‘siqlarni buzib, basseyn va barbekyuni o‘zlariniki qilib olgan. Bu yerga kelgan oila mashinani garajga qo‘yishga majbur bo‘ladi. Aks holda qushlar mashinani cho‘qib, teshiklar qoldiradi.

Kazimanoning so‘zlariga ko‘ra, qushlar qo‘shni hovlidagi ayol bergan ovqatlarni yeydi, so‘ng uy atrofida dam oladi.

“Hamma yoqni kalxatlar bosib ketgan. Hamma joyda ularning axlati. Bu juda dahshat. Biz hatto o‘z uyimizga qayta olmaymiz”, — degan ayol.

Bularning hammasiga qo‘shni ayol sababchi bo‘lib, u nafaqat kalxatlarga, balki yenot va boshqa yovvoyi hayvonlarga ham ovqat beradi.

Qayd etilishicha, ayol uning harakatlari to‘g‘ri emasligi haqida tegishli tashkilotlar tomonidan bir necha marta ogohlantirilib, jarima bilan qo‘rqitilgan. Lekin unga qarshi keskin choralar ko‘rishning iloji yo‘q. Chunki uchib o‘tuvchi qushlar federal qonunchiligi bilan himoyalangan.