O‘zbekiston banklari 20-avgustdan boshlab dollarni 9450 so‘mdan sotib, 9200 — 9350 so‘mdan sotib olmoqda. So‘nggi sutka davomida banklarda dollarning rasmiy kursi kamida 200 so‘mga ko‘tarildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos

Amerika valyutasi ham birjada o‘sib bormoqda. O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha 19-avgust kuni dollar 9129 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 16-avgustdagi narxdan 45 so‘mga ko‘p.

O‘tgan haftada Markaziy bank dollarning rasmiy kursini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, 16-avgustdan 1 AQSh dollari 9-avgust kuni e’lon qilingan kursga nisbatan 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan.