Yaponiyada oftob urishi oqibatida 7 kishi vafot etdi, 7 mingdan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “Zakon.kz”

So‘nggi 7 kun davomida 7338 kishi oftob urishi natijasida kasalxonalarga yotqizilgan. Yaponiya aholisi hali ham butun mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan jaziramadan aziyat chekishda davom etmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 35 darajadan yuqori bo‘lmoqda.

Xabarda aytilishicha, jabrlanganlarning aksariyati keksalar bo‘lib, ular tejamkorlik maqsadida uylarida konditsionerni yoqmaydi.