Apple Netflix, Disney va HBO kompaniyalarini ortda qoldirib, o‘zining striming servisi uchun original serial va filmlar yaratish uchun o‘z budjetini bir necha bor oshirdi, deb xabar bermoqda Forbes.

Foto: Getty Images

Natijada Apple TV+ uchun suratga olingan Jennifer Eniston va Riz Uizerspun ishtirokidagi “Ertalabki shou” seriali epizodi “Taxtlar o‘yini”ning final mavsumidan ham qimmatga tushgan.

Xabarda aytilishicha, Apple o‘zining striming servisini yaratishga bir necha yil oldin tayyorgarlik ko‘rgan va 2017-yildayoq shu maqsadda Sony Pictures Television top-menedjerlari bo‘lgan Jeymi Erlikt va Zak van Ambergni ishga olgan. Avvaliga kompaniya o‘z kontenti uchun birinchi yilda 1 milliard dollar sarflashi ko‘zda tutilgan, lekin keyinchalik budjet sezilarli darajada oshirilgan.