“Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

  • yuridik shaxslar uchun — 4 yil;
  • jismoniy shaxslar uchun — 8 yilni tashkil etadi.