21-avgust kuni valyuta birjasida AQSh dollari 9379 so‘mdan savdo qilindi va oldingi kunga nisbatan 5 so‘mga pasaydi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Foto: iStock

Savdo hajmi ham keskin ko‘tarildi—154 million dollar. Bunday holat iyun oyidan beri kuzatilmagandi.

Oxirgi bor so‘m iyulda — 8569 so‘mdan sotilganda mustahkamlangan, biroq shundan so‘ng qadrsizlanishda davom etib, 20-avgust kuni 9384 so‘mga chiqqandi.