Internet tarmog‘idagi ukrainalik foydalanuvchilar mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning korteji trassadagi boshqa transport vositalarining harakatini cheklab qo‘ygani sabab unga tanqid toshlarini yog‘dirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Kadr: YouTube

Videoda Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harakatlanayotgan mashinalarga 20 dan ortiq transport vositalari hamrohlik qilayotganini ko‘rish mumkin.

“Velosiped qani?”, — deb yozadi Maksim Navoxatskiy ismli foydalanuvchi.

Dmitriy Marunich ismli foydalanuvchi esa, bu kabi “maqtanchoqlik” nega kerak degan savolni o‘rtaga tashlangan. Yana bir foydalanuvchi “Mana sizlarga xalq xizmatkori, ko‘rib qo‘ying”, deya izoh qoldirgan.