Ravon avtomobillarining Rossiyadagi rasmiy distribyutori hisoblanmish UzAvtoMotors MDH kompaniyasi Rossiyaga avtomobillar yetkazib berishni yana yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Wikipedia

“Kompaniya yangi muvaffaqiyat va g‘alabani vaqt bilan sinalgan Ravon R4, Ravon  R2 va Ravon Nexia R4 avtomobillari bilan bog‘laydi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning may oyidan buyon GM Uzbekistan zavodi narxlarga oid yangi siyosat hamda modernizatsiya sabab Rossiyaga Ravon avtomobillarini yetkazib berishni to‘xtatgan edi.

Avtomobillarning yangi narxlari:

  • Ravon R2 — 646 000 rubl;
  • Ravon R3 Nexia — 670 000 rubl;
  • Ravon R4 — 678 000 rubl.