Amerikaning Plattsburg shahrida er-xotin ikki og‘izli noodatiy baliq tutib oldi, deb yozmoqda Daily Star.

Foto: Daily Star

Ma’lum bo‘lishicha, Debbi Gedes o‘z turmush o‘rtog‘i Adam bilan Shampleyn ko‘lida baliq ovlayotgan bo‘lgan. Bir payt qarmoq odatdagidan ham kuchliroq tortilganini payqagan va kattaroq baliq ilingan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan. Ammo Debbi qarmoqni suvdan chiqarganda forel (gulmohi) balig‘ini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lgan.

Uni ko‘zdan kechirgan baliqchilar og‘zi ikkita ekanligini ko‘rgan. Baliqni bir necha marta suratga olgandan so‘ng uni ko‘lga qo‘yib yuborishga qaror qilishgan.

Juftlik olingan suratlarni Facebook’dagi “Knotty Boys Fishing” guruhida joylagan. Adamning fikricha, mutatsiya oqava suvlar quyiluvchi Shampleyn ko‘lining ifloslanishi natijasda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Debbi esa ikkinchi og‘iz boshqa baliqchi jarohat yetkazgani oqibatida paydo bo‘lgan degan fikrda. Shunga qaramay, baliq sog‘lom va faol ko‘ringan.