Amerikaning Apple korporatsiyasi sentabr oyida uchta yangi iPhone smartfonlarini taqdim etadi, deb xabar beradi Bloomberg.

Foto: “Vesti.ru”

Taxminlarga ko‘ra, yangi smartfonlar Pro iPhone deb nomlanadi. Qurilmalarga qamrovi keng bo‘lgan qo‘shimcha kamera va ancha kuchli A13 protsessori o‘rnatiladi. Bundan tashqari yangi iPhone’lar modernizatsiyalashgan Face ID tizimi bilan jihozlanadi, shuningdek, OLED displeyi yangilanadi. Biroq shunga yangiliklarga qaramay qurilma 5G mobil standartini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Ta’kidlanishicha, yangi smartfonlar iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR’larning o‘rnini egallaydi.

Shu bilan birga kompaniya 16 dyuymli ekranga ega MacBook Pro’ning yangilangan versiyasini hamda “yaxshilangan fotokamera va kuchli protsessorga ega” yangi iPad Pro’ni taqdim etadi.