UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Ravon.ru”

“Ayni damda UzAvto Motors MDH distribyutorlik kompaniyasi avtomobillar savdosini jadal yo‘lga qo‘yish borasida Rossiyaning dilerlik korxonalari bilan muzokaralar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Dastlabki R2 (Chevrolet Spark), R3 (Chevrolet Nexia3) va R4 (Chevrolet Cobalt) modellari Rossiya bozoriga avgust oyining oxiri va sentabr oyining boshida yetkaziladi. Savdo sentabr oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Ravon avtomobillari so‘nggi marta Rossiyada 2018-yilning may oyida sotilgan.

Avtomobillar yetishmovchiligi Rossiya bozorida narxlarning qaytadan ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modeli o‘zgarishi tufayli yuzaga keldi.