Chicago Tribune ekspertlari eng ko‘p tarqalgan smartfonlarning radioto‘lqinlarini o‘lchash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotda 11 ta mashhur gadjet qatnashdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Chicago Tribune

Ro‘yxatdan iPhone 7, iPhone 8 va 8 Plus, iPhone X, Samsung Galaxy J3, Galaxy S8, Galaxy S9, Moto e5, Moto e5 Play, Moto g6 Play va BLU Vivo 5 Mini o‘rin olgan.

AQSh Aloqa federal komissiyasi tomonidan belgilangan norma bo‘yicha nurlanish 1 gramm material uchun 1,6 Vt/kg ni tashkil etadi.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha ta’sirga eng chidamsiz smartfon deya iPhone 7 topilgan. Undan chiqadigan nurlanish 2 va 5 millimetr masofada normadan ortib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich “tanaga” yaqinlashtirilganida maksimal darajaga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga Apple’ning eng xavfsiz gadjeti deya iPhone 8 Plus topilgan. Biroq unda ham ko‘rsatkich normadan 2—4 barobarga ko‘proqni tashkil etmoqda.

Barcha gajdetlar ichida BLU Vivo 5 Mini eng xavfsizi deya topildi. Uning 2 va 5 millimetr masofadagi ta’siri eng minimal darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Apple va Motorola vakillari esa testda past ko‘rsatkichni namoyon etgan qurilmalarining natijalarini yolg‘on deb atab, ushbu usulni xato hisoblamoqda.