22-avgust kuni soat 10:58 da Navoiy viloyati Zarafshon shahri 2-kichik tuman 28-uy 15-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan, deb xabar berdi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

Voqea joyiga zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 1 ta avtonarvon yuborilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 11:04 da yetib borib, yong‘in soat 11:12 da qurshab olingan va soat 11:15 da o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 12 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida tutun bilan qoplangan qo‘shni xonadondagi 2 nafar o‘spirinlar 2007-yilda tug‘ilgan Bobur va 2005-yilda tug‘ilgan Xonzoda Hamidovalar qutqarib qolingan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.