2019/2020— o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Foto: “Human.uz”

Tanlov natijalarini abituriyentning shaxsiy kabineti, SMS xabarnoma xizmati (5100 qisqa raqamiga abituriyent ID raqamini yuborish) va test natijalari qaydnomasi (oliy ta’lim muassasalariga borgan holda) orqali bilish mumkin.