Okibjon Inamov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligii

Okibjon Inamov 1984-yili Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini viloyat statistika boshqarmasida boshlagan. 2006-yildan 2016-yilga qadar viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida ishlagan, 2014—2016-yillarda shu boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.

2017—2018-yillarda viloyat hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, so‘ng viloyat Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish olib borgan.

U shu kungacha Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.