Taraqqiyot robotlarning zimmasiga qator vazifalarni yuklab, odamlarga ko‘makchi qilish ilinjida. Biroq, bugun robotlar bizga yordamchi bo‘lsa, ertaga ishimizni tortib olishi ham mumkin. Quyida yaqin kelajakda faoliyatini robotlarga bo‘shatib beradigan kasblar ro‘yxatini taqdim qilamiz:

1. Jamoat transporti haydovchisi

Foto: The National

Dubay metrosi haydovchisiz boshqariladi. Taxminlarga ko‘ra, yaqin 10 yil ichida rivojlangan mamlakatlar ko‘chalarida haydovchisiz avtobuslar paydo bo‘ladi.

2. Kuryer

Skrin: YouTube

Dronlar hajmi katta bo‘lmagan posilkalarni yetkazib berishni “o‘rgandi”. Bundan tashqari, haydovchisiz avtomobillar ham mahsulotlarni manzilga yetkazib berishni boshladi.

3. Buxgalter

Foto: Realtribune

Hisobotlar qilish hamda xarajatlar jadvalini tuzish juda muhim. Bu vazifalarni robotlar bajarishiga o‘rgatish qiyin ish emas. Biroq, nizoli vaziyatlar bo‘lishi va ularni hal qilish uchun mashinalardan ko‘ra, buxgalter yoki tajribali yurist xizmati kerak bo‘lishi mumkin. Katta ehtimol bilan, ushbu kasb egalari vazifasi boshqacharoq bo‘ladi.

4. Yurist yordamchisi

Foto: Layer

Robotlarning qo‘lidan hujjatlarni saralash ham keladi.

5. Oshpaz

Foto: Pinterest

Bir turga malakasi kam oshpazlar kiradi. Masalan, kotlet qovuruvchi, burger tayyorlovchilar va boshqalar. Yoshlar orasida mashhur hisoblangan kasb ham tarixda qoladi.

6. Kassir

Foto: “Yaponika”

AQShda MacDonald’s kassirlarni sensor orqali buyurtma berish, karta orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan avtomatlarga almashtirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu xodimlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘larning tejalishiga, ular bilan tortishuvlarga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.

 7. Bank xodimi

Foto: “Ura.news”

Ertami-kechmi mobil banking va naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tamiz. Hozirda deyarli hamma joyda karta orqali to‘lov amalga oshirish mumkin. Rasmiy ish beruvchilar ish haqini naqd pulda to‘lamaydigan bo‘lgan. Tailandda ba’zi frilanserlar ish haqini faqat elektron ko‘rinishda hisoblashga o‘rgangan.