Yer yuzida boyligi 50 million AQSh dollaridan oshgan odamlarning umumiy soni 149 890 kishiga yetdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 50 230 nafar odamning boyligi — $100 millionni tashkil etsa, 4 390 kishining kamida $500 million dollarga teng boyligi bor.

Ushbu ma‘lumotlar asosida Credit Suisse ekspertlari eng ko‘p millionerlar istiqomat qiladigan mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. Xo‘sh, millionerlar qaysi davlatlarda yashaydi?

10. Avstraliya

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 2 910 kishi

Avstraliya iqtisodiyoti bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda, aholi jon boshiga YaIM hajmi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. Mamlakat turmush darajasi, sog‘liq, ta’lim, moliyaviy erkinlik, fuqarolar erkinligi va siyosiy huquqlarini himoya qilish kabi ko‘plab sohalarda inson potensialining rivojlanish indeksi bo‘yicha esa ikkinchi o'rinda turadi.

Bundan tashqari, Avstraliyadagi qulay iqlim mamlakat doimiy yashash joyi sifatida tanlanishi sabablaridan biridir.

9. Kanada

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 3 010 kishi

Kanada dunyodagi aholi daromadi yuqori bo‘lgan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda G7 ga a’zo davlatlardan biri hisoblanadi. mazkur davlat Amerika Qo‘shma Shtatlarining asosiy savdo hamkori hisoblanadi.

Kanada immigrantlar mamlakati. Immigratsiyaning o‘sishida mamlakatning yuqori darajada rivojlangani, tinch, etnik muammolardan va mojarolardan holi bo‘lgani asosiy rol o‘ynaydi.

8. Fransiya

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 3 040 kishi

Mamlakat iqtisodiyotida faol aholining 76,7 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. Ikkilamchi sektorning ulushi 20,5 foizni tashkil qiladi. Fransiyaning iqtisodiyoti uning xalqaro maydondagi rolini belgilab bergan. Fransiya ulkan madaniy merosga ega va bu meros turli davrlarda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan.

7. Italiya

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 3 220 kishi

Italiya — qishloq xo‘jaligi va sanoati rivojlangan mamlakat. Boy madaniy meros hamda qulay iqlim sharoiti boylar Italiyani tanlashlari uchun asosiy sabab bo‘ladi.

6. Hindiston

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 3 400 kishi

So‘nggi 10 yil ichida Hindiston YaIM 5,5 % ga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich esa mamlakat iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan malakatlardan biri deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi.

Hindistonda ingliz tilida so‘zlashadigan mutaxassislarning borligi sabab ko‘plab transmilliy korporatsiyalar uchun autsorsing makoniga aylangan. Shuningdek, mamlakat tibbiyot turizmi bo‘yicha ham jahonda ancha tanilgan.

5. Yaponiya

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 3 580 kishi

Yaponiya — rivojlangan davlat. Aholi turmush darajasi ham yuqori. Shuningdek, mamlakat uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yuqori, tug‘ilishlar o‘limi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega mamlakat. Bank xizmatlari, sug‘urta, transport, savdo-sotiq, telekommunikatsiya hamda qurilish sohalari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy ahamiyatga ega.

4. Buyuk Britaniya

Foto: “RIA”

Badavlat fuqarolar soni: 4 670 kishi

Buyuk Britaniyaning xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektori hisoblanib, u yalpi ichki mahsulotining 75% ni tashkil etadi. Bank sektori yaxshi rivojlangan. Britaniyada soliq imtiyozlari mavjudligi badavlat kishilar uchun birmuncha qulayliklar yaratadi.

3. Germaniya

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 6 320 kishi

Germaniya — iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlat. Mamlakat yirik mahsulotlarning eksporti va importi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Turmush darajasi yuqori. Ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash tizimi, atrof-muhitni muhofaza qilish va bepul oliy ta’lim beradigan davlat hisoblanadi.

2. Xitoy

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 16 510 kishi

Xitoy iqtisodiyotida so‘nggi 10 yilda tinimsiz o‘sish kuzatilmoqda. U o‘zining ta’lim tizimini rivojlantirishi bilan birga, texnologiya va boshqa mahsulotlar importida ham yetakchi hisoblanadi. Dasturiy ta’minot, yangi materiallar ishlab chiqarish, telekommunikatsiya sanoati, biotexnologiya, sog‘liqni saqlash sohalaridagi rivojlanishlar mamlakat taraqqiyotida asosiy ahamiyatga ega.

1. AQSh

Foto: Vestifinance

Badavlat fuqarolar soni: 70 540 kishi

Qo‘shma Shtatlar dunyoda iqtisodiyoti nominal yalpi ichki mahsulot bo‘yicha birinchi, yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan, yuqori rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Mamlakat aholisi dunyo aholisining atigi 4,3 foizini tashkil etishiga qaramay, dunyodagi jami boylikning 40 foiziga aynan amerikaliklar egalik qiladi. Amerika bir qator ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, xususan, o‘rtacha ish haqi, inson taraqqiyoti indeksi, YaIM va mehnat unumdorligi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi.