Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: MOQ

25-avgust, yakshanba kuni o‘zbekistonlik kanoechilar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda 5-pog‘onani egalladi va Tokio–2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya

Juftlik, 500 metr

1. Sun / Su (Xitoy) – 2:02.81

2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49

3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74

4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18

5. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47

Shu tariqa, Tokio–2020 Olimpiadasiga litsenziya olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni 4 taga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!