Avval xabar berganimizdek, 23—24-avgust kunlari Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda 26 ta masala, shuningdek, 16 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Yalpi majlis ishida Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish  qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimining hisobot hamda ma’ruzalari tinglandi.

Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zolari tanishtirildi. Parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi.

“Daryo” muxbiri Madina Nurman yalpi majlisda bo‘lib, fotolavhalar tayyorladi.