Yashnobod tumanidagi сheburek tayyorlash shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olishi holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Toshkent shahar YOXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto:Toshkent shahar YOXB matbuot xizmati

Xabar qilinishicha, 23-avgust kuni soat 21:05da Yashnobod tumani, Taraqqiyot 2-tor ko‘chasi 23“b” uyda joylashgan “Ittifoq savdo servis” MChJga qarashli binoda cheburek tayyorlash shoxobchasining 60 kv.m maydonida yongan. Yong‘indan binoning 100 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 21:14da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 21:20da qurshab olinib, soat 21:27da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi barcha fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”,— deyiladi xabarda.