Surxondaryo viloyatida Iskandar Zulqarnaynning shaxsan o‘zi asos solgan shahar-qal’a topildi. Sputnik’ning xabar berishicha, bu yerda yirik arxeologik qazish ishlari hali ham davom etmoqda.

Foto: Sputnik

Kampirtepadagi arxeologik qazishmalar qirq yildan ko‘proq vaqt davomida — 1978-yildan beri davom etmoqda. Unga akademik Edvard Rtveladze boshchilik qilmoqda. Avvaliga u bu hududda qadimiy Pandahiyon manzilgohi joylashgan, deb taxmin qilgan. Ammo ko‘p izlanishlardan so‘ng olimlar ushbu joy bir necha ming yillik port-shahar — Oks Iskandariyasi ekanligini aniqladi. Bunday olamshumul kashfiyot 25-avgust kuni chaqirilgan maxsus forumda e’lon qilingan.

Noyob majmua qal’a va tuzilishiga ko‘ra amfiteatrni eslatuvchi, atrofini o‘rab turuvchi binolardan iborat. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Uyg‘onish davrida bu yerda qariyb 900 nafar aholi yashagan. Ikkinchi asrning o‘rtalarida Amudaryoning sathi keskin ko‘tarilgandan so‘ng odamlar bu yerni tark etgan.

Hozirda arxeologlar va mutaxassislar qadimiy shahar xarobalarida noyob artefaktlarni o‘rganib, ular ustida ishlashda davom etmoqda.

Oks Iskandariya shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini ushbu 3D videolavhada va uning hozirgi ko‘rinishini quyidagi suratlarda tomosha qiling.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik