Facebook Threads deb nomlangan yangi messenjerni ishlab chiqmoqda. Bu haqda TASS xabar beradi.

Foydalanuvchilar matn, foto, video hamda joylashuvlari bilan o‘sha vaqtning o‘zida bo‘lishishlari mumkin.

Foto: The Verge

Taxminlarga ko‘ra, Threads’da foydalanuvchining onlayn ekani ko‘rinib turadi. Dastur ayni damda test sinovi jarayonida ishlamoqda, biroq Instagram bu haqda izoh berishdan bosh tortgan.

Foto: The Verge

Ma’lumot uchun, Instagram 2010-yilning oktabr oyida foto va videolarni joylashtirish uchun tarmoq sifatida faoliyatini boshlagan va faqatgina Apple kompaniyasining mobil vositalari uchun mo‘ljallangan edi.

2012-yildan boshlab Android foydalanuvchilari ham foydalanishlari mumkin bo‘ldi. Shu yili Facebook Instagram’ni 1 milliard dollarga sotib oldi.