iPhone 11 Pro yoki Pro Maxning ichki detallari taxminiy joylashuvi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarni xitoylik blogger GreekBar Weibodagi sahifasiga joylagan deb yozadi Korrespondent.net.

Foto: Wccftech

Suratda smartfon korpusining yarim qismi, xususan, katta kamera moduli, A13 Bionic protsessori hamda, yirik litiy-ionli batareya aks etgan.

Suratdan kamera moduli kattaroq joyni egallaganini payqash mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamera 3 obyektivdan iborat. Biroq ularning xususiyatlari hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, SoftBank telekommunikatsiya korporatsiyasi prezidenti Ken Miyauchi iPhone 11 chiqishining taxminiy sanasini bilmay aytib yuborgan edi.