“Toshshahartransxizmat” AJ poytaxtda 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga sinov tariqasida videokuzatuv kameralarini o‘rnatayotgani haqida oldinroq xabar berilgandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Videokuzatuv tizimining asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini oshirishni nazarda tutadi. Videokuzatuvdan foydalanish shubhali shaxslar va vositalarni aniqlash, transport yo‘nalishlarini optimallashtirish uchun yo‘lovchilar tashishni hisobga olish, baxtsiz hodisa yuzaga kelganda nizolarni hal qilish uchun haydovchining aybdorligi yoki aybsizligini aniqlashda yordam beradi.

Yil oxiriga qadar “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, videokameralar o‘rnatish tashabbusi “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli. Bu amaliyot jamoat transportidagi yo‘lovchilar oqimi, avtobus salonlaridagi tartib va tozalikni nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, baxtsiz hodisalar, turli nizolar, o‘g‘rilik va mulkka zarar yetkazish kabi hodisalarni oldini olishga yordam beradi. Jamoat transportini videokuzatuv uskunalari bilan ta’minlashni moliyalashtirish avtobus saroylari mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.