Fransiya jandarmeriyasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus markazi xakerlar guruhi tomonidan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan virusni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Le Figaro gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, jandarmlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish vaqtida xakerlarning hujumi orqali 850 mingdan ortiq kompyuterga tushirilgan virusni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Virus tushgan kompyuter egalari o‘z qurilmalarini xakerlar masofadan turib nazorat qilayotganidan bexabar bo‘lgan.

Jandarmeriyaning ta’kidlashicha, ushbu jinoiy guruh global tarmoqda kamida 3 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Huquq-tartibot organlari o‘z operatsiyalarini uzoq vaqt ularni ta’qib qilish va batafsil razvedka ma’lumotlarga asoslanib olib borgan.

Jandarmeriya ekspertlarining aniqlashicha, hujumlar Parij yaqinidagi serverlar orqali amalga oshirilgan.