Pekinda “soxta” taksichilarni yo‘qotish bo‘yicha ommaviy aksiya o‘tkazildi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: TravelAsk

Og‘ir qurilish texnikasi yordamida jarima maydonchasidagi taksomotorlar uchun standart bo‘lgan rangga bo‘yalgan, ammo xususiy haydovchilar tomonidan yo‘lovchilar noqonuniy tashilgan turli xil rusumdagi 180 ta mashina yo‘q qilingan.

Qayd etilishicha, bu transport borasidagi boshqaruv va nazoratni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan birga, yo‘lovchilar tashish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Ilgari taksi sifatida foydalanilgan va ularga xos tashqi ko‘rinishi saqlab qolingan mashinalarni ikkilamchi bozorda sotish taqiqlangan.

“Pekin transport organlari aniqlangan ‘qora’ avtomobillar, taksi ‘klonlari’ga qarshi qat’iy choralar ko‘rishda davom etadi, ularning egalari esa jazolanadi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, noqonuniy taksichilar qoidabuzarlikni takroran sodir etganda jarimadan tashqari agar ularning harakatida jinoiy huquqbuzarlik belgilari bo‘lsa, haydovchilik huquqidan ham mahrum etiladi.

Pekinda rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan ko‘plab taksoparklar mavjud. Unda barcha avtomobillar belgilangan rangga bo‘yalgan bo‘lishi lozim, haydovchilar esa maxsus formada bo‘lishi shart.