Fransiyalik kino va teatr aktyori Mishel Omon 29-avgustga o‘tar kechasi 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda san’atkorning qizi va agentiga asoslanib, Le Figaro xabar bermoqda. O‘lim sababi ma’lum qilinmagan.

Mishel Omon “O‘yinchoq” (“Le Jouet”), “Otalar” (“Les Compères”), “Omadsizlar” (“Tais-toi”), “Dublyor” (“La Doublure”) filmlarida, “Graf Monte-Kristo” (“Le Comte de Monte-Cristo”) serialida suratga tushgan.

U 30 yildan ortiq vaqt mobaynida “Komedi Fransez” teatrida ishlab, mumtoz repertuarga mansub barcha bosh rollarni ijro etgan. Jan-Batist Moler pesasi asosida sahnalashtirilgan “Xasis yohud Yolg‘on maktabi” spektaklida 200 martadan ko‘proq ishtirok etgan.

Meduza’ning qo‘shimcha qilishicha, Mishel Omon faoliyati davomida uch bor “Sezar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Fransiyaning “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.