Apple jurnalistlarga kompaniyaning Kaliforniya shtatining Kupertino shahridagi shtab kvartirasida 10-sentabr kuni o‘tkaziladigan taqdimotiga taklifnoma yubordi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Reddit

Taklifnomada taqdimotda nima namoyish etilishi aytilmagan, lekin jurnalistlarning fikricha, tadbirda iPhone’ning uchta yangi modeli taqdim etiladi. Shuningdek, taqdimotda yangi AirPods naushniklari, iPad plansheti, 16 dyuymli MacBook Pro noutbuki namoyish etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Bloomberg agentligi Apple sentabr oyida uchta yangi smartfonini taqdim etishini ma’lum qilgandi.