Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining tahliliy ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Bruk Uotson Google dasturlarida oila tasvirlangan emodzilarni shunchaki o‘chirib bo‘lmasligini aniqladi. Avvaliga unda tasvirlangan odamlarni birma-bir o‘chirish lozim, deb yozmoqda Meduza.

Agarda “Hujjatlar” (Google Docs), “Jadvallar” (Google Sheets), “Tadqimotlar” (Google Slides) yoki “Formalar” (Google Forms)ga to‘rt kishidan iborat oilaning emodzisi qo‘yilsa, Delete (o‘chirish) tugmasi bosilib emodzidagi odamlar birma-bir o‘chiriladi. Bunda dastlab bolalar o‘chadi.

Foto: Meduza

Etiborli jihati, emodzida birinchi bola o‘chib ketsa ham uning ota-onasi xursand kayfiyatda turadi. Ikkinchisi yo‘qolgach esa kutilmaganda emodzidagi otaning mo‘ylovi o‘sib chiqadi.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Shundan keyingina matndagi emodzi o‘chib ketadi.

Foto: Meduza