Facebook ijtimoiy tarmog‘i ro‘yxatdan o‘tish sahifasida ko‘rinib turuvchi “Bu bepul va doim bepulligicha qoladi” (“It’s free and always will be”) shioridan voz kechdi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: BFM

Business Insider nashrining ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgarish 6—7-avgust oralig‘ida sodir bo‘lgan va AQSh va Yevropaga davlatlariga taalluqli.

Sahifaning eski ko‘rinishi:

Skrinshot: Facebook

Eski shior yangisiga — “Tez va oson” (“It’s quick and easy”) ga o‘zgargan.

Skrinshot: Facebook

Facebook nima sababdan shiorni o‘zgartirganiga izoh bermadi. Raqamli huquq bo‘yicha ekspert, yurist Xose Antonio Kastilyoning so‘zlariga ko‘ra, bu ijtimoiy tarmoq valyutasi — katta pul turuvchi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U birinchilardan bo‘lib o‘zgarishga e’tibor qaratgan.

Ekspertning fikricha, mazkur qaror joriy yilning may oyida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini almashish to‘lov turi sifatida qabul qilinishi belgilangan Yevroparlament direktivasi bilan bog‘liq.