AQShning Nyu-Jersi shtatida yashovchi keksa ayol mashinada uxlab qoldi va u qanday qilib o‘g‘irlanganini payqamadi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Depositphotos

Politsiyachilar Gamilton-Taunship shahrida mashina o‘g‘irlangani haqidagi murojaatdan so‘ng yetib kelgan. Jabrlanuvchi 80 yoshli ayolning ko‘rsatmalariga ko‘ra, u 28-avgust kuni kechasi garaj yo‘lagidagi mashinasida uxlab qolgan. Ertalab yerda uyg‘ongan, mashinasi esa g‘oyib bo‘lgan.

Ayolning o‘zi hech narsani eslay olmagan. Uyg‘onganida tirnalgan va ko‘kargan joylarini ko‘rgan, lekin tibbiy yordamni rad etgan.

Keyinroq, 29-avgust kuni yo‘qolgan mashina Nyu-Jersi ma’muriy markazi bo‘lgan Trenton shahridan topilgan.