Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rahbar tayinlandi. “Kun.uz” manbasi xabar berishicha, bu lavozimga Abdug‘ofur Ahmedov tayinlangan. Qayd etishlaricha, Ahmedov bungacha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tizimida ishlagan.

Foto: “Kun.uz”

Avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Keyinroq Nuriymon Abulhasano O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasiga rahbar etib tayinlangani aytildi. Jasur Akromov qayerga ishga o‘tgani ma’lum qilinmadi.