Nassauda yashovchi Shella Fillips 97 ta itga boshpana berdi. Shu yo‘sinda ayol hayvonlarni Bagama orollariga yopirilgan “Dorian” to‘fonidan asrab qoldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Facebook / Chella Phillips

“Bu aqlsizlik o‘tgan oqshomdan beri davom etmoqda. Itlar to‘xtovsiz siyib, yozilyapti. Nima bo‘lganda ham, ular mening karavotimga tegmayapti — uning ustiga sakrab chiqishga birortasining haddi sig‘madi”, — deb yozdi Fillips Facebook’da qoldirgan postida. Boshqa fuqarolar esa itlarni tashish uchun mo‘ljallangan savatlarini berib turgan.

Foto: Facebook / Chella Phillips

Fillips qo‘lidan kelganicha “mehmonlari”ga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Uyini suv bosib, elektr ta’minotidan uzilib qolgunicha qo‘rqib ketgan va kasalmand itlarni musiqa va multfilmlar qo‘yib berib tinchlantirib turgan. “Itlar yoki boshqa hayvonlar tashqarida qolib ketsa, qanday jon saqlardi, hayronman. Butun qalbim bilan ularni o‘ylayapman”, — dedi Fillips.

Foto: Facebook / Chella Phillips

Uning qayd etishicha, “Dorian” to‘fonining yopirilishi uysiz itlarni qutqarish bo‘yicha u boshlagan “The Voiceless Dogs of Nassau” harakatiga to‘rt yil to‘lgan kunda yuz bergan. Fillipsning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan davr mobaynida taxminan mingga yaqin hayvonga ko‘mak bergan.