Facebook ma’muriyati layklar va bildirilgan munosabatlar hisoblagichini yashirish imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Retaileres

TechCrunch nashri mutaxassisi Jeyn Manchun Vong ijtimoiy tarmoq o‘zining Android dasturi uchun layklar hisoblagichini o‘chirib qo‘yadigan funksiya ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgach, Facebook’ka izoh so‘rab, murojaat qilgan. Vong mobil dastur kodini o‘rganayotib, buni payqab qolgan.

Foto: Twitter / Wongmjane

Uning so‘zlariga ko‘ra, hali taqdim etilmagan yangi funksiya yordamida layklar va munosabatlar hisoblagichi post muallifidan boshqa hech kimga ko‘rinmaydi. Postga layk bosgan yoki munosabat bildirgan foydalanuvchilar ro‘yxati o‘z joyida qoladi, biroq ularning soni ko‘rsatilmaydi.

“Layklar va munosabatlar hisoblagichining post muallifidan boshqalarga yashirib qo‘yilishi foydalanuvchilarga o‘z kontentining mashhurligi haqida kamroq o‘ylashlariga yordam berishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi Vong.