Pigmentli kseroderma bilan kasallangan odamlar hayoti uchun quyosh nuri xavfli hisoblanadi. Ular quyoshning ultrabinafsha nurlaridan yashirinish uchun himoya kiyimi kiyishi va kun botgunga qadar ko‘chaga chiqmasligi kerak. Ushbu xastalik bilan kasallanganlar ko‘proq Shimoliy Afrika mamlakatlarida uchraydi.

Marokashda ushbu kasallikka chalingan bolalarning turmush tarzini o‘rganib, ularning hayotini rasmga muhrlagan Associated Press suratchisi Mosaaba Elshami (Mosa’ab Elshamy) fotosuratlarini TimesDaily e’lon qildi.

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Marokashning Muhammadiya shahridan bo‘lgan 27 yoshli Fatimazehra al-Gazaui (Fatimazehra El Ghazaoui) pigmentli kseroderma bilan xastalangan. Qiz ko‘chada ultrabinafsha nurlaridan asraydigan maxsus shlemda yurishi shart. Shuningdek, quyosh nurlaridan asrovchi krem hamda butun tanasini berkitib turadigan kiyimlarda bo‘lishi kerak. Shifokorlar Fatimazehraga kunduzi umuman ko‘chaga chiqmaslikni maslahat beradi.

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy 

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy 

Ehtiyotkorlik, shlem, kremlar ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishga qisman yordam beradi. Fatimazehra 50 dan ortiq operatsiyalarni boshidan kechirgan.

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy 

Rasmdagi ayol Fatime al-Fatuikai (Fatima El Fatouikai). U bolalar dermatologi bo‘lib ishlaydi. Fatime Kasablankada joylashgan Ibn Rushd universiteti gospitalida Marokashning barcha hududlaridan olib kelingan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallikni davolashning imkoni yo‘q. Faqatgina profilaktik choralar yordam beradi. “Bu bolalar quyoshning to‘g‘ri nurlari ostida kamroq bo‘lishlari shart”, — deydi Fatime al-Fatuikai.

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Marokashda pigmentli kseroderma bilan xastalangan har o‘n ming aholiga bitta fuqaro to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida bu kasallik o‘n barobar kamroq uchraydi.

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy

Foto: AP/Mosa’ab Elshamy