iPhone’larga amalga oshirilgan tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi ortida Xitoy hukumati turgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: Macworld

Xitoy hukumati bu orqali musulmon uyg‘urlarning mobil qurilmalari ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilgan.

TechCrunch nashrining ta’kidlashicha, uyg‘urlarga qaratilgan hujumning noto‘g‘riliga qaramay, boshqa mintaqadagi foydalanuvchilar ham Google tomonidan taqdim etilgan zararlangan saytga kirib xakerlar qurboniga aylanishi mumkin bo‘lgan. Xakerlar hujumini cheklash maqsadida FQB Google’dan ushbu saytlarga beriladigan havolalarni o‘chirib qo‘yishni so‘ragan.

Forbes manbasi hujumlar ortida Xitoy hukumati turganligi haqidagi TechCrunch’ning ma’lumotini tasdiqlagan. Shuningdek, nashrning qayd etishicha, hujum ancha keng ko‘lamli bo‘lishi kutilgan — xakerlarning maqsadida nafaqat iOS qurilmalari, balki Android va Windows’lar ham bo‘lgan. Xakerlar zararli dasturiy ta’minotni Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi aholisi qaysi operatsion tizimni ma’qul ko‘rishiga qarab optimallashtirgan.

Google hozircha vaziyatga izoh bermadi, Microsoft esa muammoni o‘rganayotgani va zarur holatda chora ko‘rishga tayyor ekanligini bildirgan.